Hero Training 2026: 5 haftada startapingizni AQSh bozoriga tayyorlang

location
06-Mart
, 19:00
Draper Universitetining San-Mateo va Kaliforniya kampusida bo‘lib o‘tadigan maxsus dastur Hero Training 2026 ga start berildi. O‘quv dasturi IT Park Uzbekistan va Astana Hub (Qozog‘iston) hamkorligida tashkil etilgan.
Dastur global bozorga chiqishni maqsad qilgan startap asoschilari uchun 5 haftalik intensiv treninglarni taklif qiladi.
Hero Training 2026 startaplarga global strategiyalar ishlab chiqishda ko‘maklashadi. Investorlar oldida taqdimot qilishda malakasini oshirishga qaratilgan. Shu bilan birga AQSh bozoriga kirishga tayyorlaydi.
Dastur sizga quyidagilarni taklif etadi:
— Ishtirokchilar 40 dan ortiq ekspert, spikerlar va mentorlar
— 30 ta xalqaro bozorda o‘sish imkoniyatlari
— Startapchilari uchun mo‘ljallangan 5 dan ortiq networking tadbirlari
— “Dengiz mushuklari” (Navy SEALs) bilan 1 haftalik omon qolish kursi
Shuningdek, kampusda kovorking va umumiy xonalarda yashash imkoniyatidan foydalanishlari mumkin.
Nomzodlar uchun talablar:
– Startap MVP bosqichida yoki undan yuqori bo‘lishi
– Nomzod asoschi yoki CEO bo‘lishi
– Amaldagi AQSh vizasi (ma’quli)
– Ingliz tilini bilishi
– Yuridik shaxs O‘zbekiston yoki Qozog‘istonda ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi zarur.
Dastur ishtirokchilariga quyidagi afzalliklar taqdim etiladi:
– AQSh bozoriga kirish uchun tayyorgarlik
– Biznes pitchni mustahkamlash
– Rivojlanish strategiyasi
– Xalqaro munosabatlar va hamkorlik imkoniyatlari.
Dastur yakunlangandan so‘ng kompaniya dasturda ishtirok etish davomida qilingan tegishli xarajatlar uchun kompensatsiya olish bo‘yicha ariza topshirishi mumkin.
Qaysi xarajatlar qoplanadi:
– Xalqaro akseleratsiya dasturlari yoki kurslarida ishtirok bilan bog‘liq xarajatlarning 50% gacha (20,000 USD dan oshmasligi sharti bilan).
– Aviabilet (economy klass) va turar joy xarajatlari belgilangan chegaralar doirasida.
Arizalarni topshirish muddati — 7-martgacha. Tanlov asosida saralangan nomzodlar Hero Training 2026 dasturida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Dasturda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.
06-Mart
, 19:00