Markaziy Osiyo ayol startap asoschilari uchun xalqaro tanlov

location
14-Fevral
, 19:00
Markaziy Osiyo mamlakatlaridan bo‘lgan ayol startap asoschilari o‘z loyihalarini xalqaro maydonda taqdim etish va Silikon vodiysi ekspertlaridan individual maslahat olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ayol faunderlar uchun mo‘ljallangan xalqaro onlayn tanlov va pitch dasturiga arizalar qabul qilinmoqda.
Tanlov “idea” yoki “MVP” bosqichidagi startaplarga ega bo‘lgan, o‘z loyihasini global darajaga olib chiqishni, xalqaro investorlar fikr-mulohazalarini olishni va loyihani rivojlantirishda keyingi qadamni tashlashni istagan ayollar uchun tashkil etilgan.
Tanlovda O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistondan bo‘lgan ayol startap asoschilari ishtirok etishlari mumkin.
Tanlov formati va talablar
Tanlov bir necha bosqichda o‘tkaziladi. Dastlab arizalar saralanadi, so‘ng har bir davlat bo‘yicha milliy onlayn pitch bosqichlari tashkil etiladi. Milliy bosqich g‘olibalari tanlovning final bosqichida ishtirok etadi.
Onlayn pitch formati:
- 3 daqiqa — loyiha taqdimoti
- 2 daqiqa — hay’at a’zolarining savollari va izohlari
E’tiborli jihati shundaki, barcha finalchilar taqdimot va video-pitchni ingliz tilida topshirishlari shart.
Qanday qatnashish mumkin?
- tashkilotchilar profili orqali ariza topshirish
- pitch deck (taqdimot) tayyorlash
- ingliz tilida video-pitch yozib topshirish talab etiladi
Arizalarni topshirishning so‘nggi muddati — 2026-yil 15-fevral.
Loyihalarni xalqaro darajadagi yetakchi investorlar va ekspertlar baholaydi. Ular orasida a16z, Global 500, Sturgeon VC, Yellow Rock VC, Thrive Ventures, GGW Ventures hamda boshqa venchur va angel investorlar vakillari bor.
Ishtirokchilarni xalqaro investorlar oldida onlayn pitch qilish, Silikon vodiysi mentorlaridan professional fikr-mulohazalar olish, global tadbirkorlik va investitsiya hamjamiyatiga chiqish hamda o‘z loyihasini xalqaro sahnada namoyish etish imkoniyatlari kutmoqda.
Tanlov g‘olibalari ayol startap asoschilariga g‘oyalarni kengaytirish va investitsiyalarni jalb qilishda yordam beruvchi Silikon vodiysining tajribali mentorlaridan individual maslahatlar bilan taqdirlanadi.
14-Fevral
, 19:00