Onlayn vebinar: Startaplarni BAA bozoriga qanday olib chiqish mumkin?

location
11-Fevral
, 19:00
12-fevral kuni Tumar Innovation Hub Incorpium bilan hamkorlikda startaplar va texnologik kompaniyalarni Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) bozoriga olib chiqish mavzusida onlayn vebinar tashkil etadi. Tadbirda BAA startap-ekotizimi va bozorga kirish imkoniyatlari muhokama qilinadi.
Vebinar davomida ishtirokchilar BAA startap-ekotizimini real misollar asosida o‘rganish imkoniga ega bo‘ladi. Shuningdek, kompaniyani ro‘yxatdan o‘tkazish, banklar bilan ishlash, biznes tuzilmasini shakllantirish hamda investitsiya jalb qilish bo‘yicha amaliy bilimlar taqdim etiladi.
Tadbir startap asoschilari, fondlar va korporatsiyalar vakillari, shuningdek, akselerator va inkubatorlar uchun mo‘ljallangan. Vebinarni Incorpium mutaxassislari olib boradi. Ishtirokchilar ekspertlar bilan bevosita muloqot qilib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishlari mumkin.
Vebinar doirasida startaplarning BAA bozoriga kirish strategiyalari, asoschilar tomonidan tez-tez yo‘l qo‘yiladigan xatolar, biznesni rejalashtirish jarayonlari hamda ishga tushirish va kengaytirishda vaqt va resurslarni tejash masalalari muhokama qilinadi.
Startaplar BAA bozoriga qanday strategiya asosida kirishi kerak? Startap asoschilari qaysi xatolarga eng ko‘p yo‘l qo‘yadi? Biznesni rejalashtirish jarayonida nimalarga alohida e’tibor qaratish zarur? Ishga tushirish va kengaytirishda vaqt hamda resurslarni qanday tejash mumkin?
Ushbu savollarga javob olish uchun vebinarda ishtirok eting. Qatnashish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi. Joylar soni cheklangan.
11-Fevral
, 19:00