Startup Advice dasturi yana sizlar bilan!

location
12-Fevral
, 07:00
Startup Advice dasturi o‘z faoliyatini qayta boshladi. Dastur startap asoschilari, g‘oyasi yoki MVPsi mavjud bo‘lgan ishtirokchilar uchun mo‘ljallangan. Dastur mahsulot, moliya, jamoashakllantirish va o‘sish bilan bog‘liq muammolarda amaliy yordam ko‘rsatishga qaratilgan.
Dastur doirasida quyidagilar bo‘lib o‘tadi:
— startap loyihalari va g‘oyalarining batafsil tahlili
— jamoa va masshtablash bo‘yicha murakkab savollarga javoblar
— amaliy tajribaga ega mutaxassislardan maslahatlar
— qisqa vaqt ichida maksimal foyda berishga qaratilgan sessiyalar
Startup Advice uchrashuvlari har payshanba kuni soat 15:00 dan 18:00 gacha bo‘lib o‘tadi. Ishtirok etish onlayn va oflayn formatlarda amalga oshiriladi. Dastur startapni ishga tushirayotgan va rivojlantirayotganlar bilan ishlaydi. Shuningdek, rivojlanishda to‘xtab qolgan jamoalar va xatolardan qochib, vaqt va resurslarni tejashni istaganlaruchun ham foydali.
Startup Advice dasturiga qo‘shiling va startapingizni bugundan rivojlantirishni boshlang. Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting!
12-Fevral
, 07:00