Workshop: Logistikada AI yordamida raqobatchilardan o‘zib ketish strategiyalari

location
15-Fevral
, 12:00
15-fevral kuni IT Park hududida “Artificial Intelligence in Trucking: AI yordamida raqobatchilardan o‘zib ketish” mavzusida oflayn “workshop” bo‘lib o‘tadi.
Tadbir IT Park Uzbekistan va IT Park Ventures tomonidan ularning portfel kompaniyalari — Fleetmule va Datatruck bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda. Vorkshop avtopark egalari, yuk tashish operatorlari hamda xavfsizlik va komplaens (regulyator va qonunchilik talablariga muvofiqlik) bo‘yicha mutaxassislarga mo‘ljallangan.
Sun’iy intellekt yuklarni taqsimlash, auditlardan o‘tish, sug‘urta va risklarni baholash kabi muhim jarayonlarda faol qo‘llanilmoqda. Tadbir davomida AI vositalarining operatsion samaradorlikni oshirish hamda DOT (Department of Transportation — AQSh Transport vazirligi) talablariga 2026-yilda moslashishdagi roli muhokama qilinadi.
Vorkshopning asosiy mavzulari
- zamonaviy trucking’da AI qo‘llanilishi;
- xavfsizlik va DOT-komplaens;
- AI asosidagi TMS (Transportation Management System — yuk tashishlarni boshqarish tizimi) va operatsion jarayonlarni avtomatlashtirish;
- AI-powered accounting va moliyaviy shaffoflik;
- Amazon, brokerlar va sug‘urta kompaniyalarining risklarni baholashda AI’dan foydalanishi.
Spikerlar
- Asror Arabjanov, Fleetmule asoschisi — xavfsizlik, DOT-komplaens hamda audit va sug‘urtada AI asosidagi baholash bo‘yicha amaliy sessiya;
- Shohrux Rahmanov, Datatruck asoschisi va CEO — yuk tashishlar va moliyaviy boshqaruvda AI qo‘llanilishi.
Kimlar uchun
- logistika va trucking sohasidagi startaperlar va faunderlar;
- transport sohasidagi AI va B2B startaplar;
- kengayishni rejalashtirayotgan early-stage jamoalar;
- AQSh bozori va DOT talablarida ishlayotgan tadbirkorlar.
Shuningdek, Fleetmule Reputation Radar yechimining demo-taqdimoti o‘tkaziladi. Undan so‘ng ishtirokchilar o‘z biznesi uchun xavfsizlik va reputatsiya ko‘rsatkichlari bo‘yicha bepul diagnostika olishga ariza topshirishlari mumkin bo‘ladi.
Tadbir oflayn formatda o‘tkaziladi. Yakunda soha vakillari, startap-ekotizim va texnologik kompaniyalar ishtirokida netvorking bo‘lib o‘tadi.
Sana: 2026-yil 15-fevral
Manzil: IT Park Uzbekistan
15-Fevral
, 12:00